InfinBLACK kredit kartalari

InfinBLACK kredit kartalari

InfinBLACK kredit kartalari

Kredit muddati

24 oy

Kredit maqsadi

O’zbekiston respublikasi qonunchiligi doirasida har qanday maqsadlar uchun pul mablagʻlarini qarz oluvchining plastik kartalariga oʻtkazish yoʻli bilan OʻzR milliy valyutasida taqdim etiladi.

Yillik foiz stavkasi

35,99%

Kredit miqdori

30 mln. soʻmgacha

Taʼminot

1) kreditni qaytarmaslik xatariga oid sugʻurtalash polisi;

2) Bankni qoniqtiradigan boshqa likvid mulk garovi;

Taʼminotning umumiy miqdori kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmasligi kerak.

Soʻndirish chastotasi

Asosiy qarz – 23 oy davomida - kredit limiti 4,1%, oxirgi 24 - oy 5,7%ga kamayib boradi.

Hisoblangan foizlarni - har oy.

Kredit boʻyicha foizlarni hisoblash kredit mablagʻlari ishlatilgan sanadan boshlanadihar oy.

Potentsial qarz oluvchiga talablar

  • 18 yoshdan;

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi; Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yoʻq shaxs yoki xorij fuqarosi;

  • Kredit uchun ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 6 oy davomida mehnat stajiga ega boʻlish;

  • Ijobiy kredit tarixiga ega boʻlish (joriy kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning yoʻqligi, shuningdek bank/banklar oldidagi majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaslik holatining boʻlmaganligi).

Kerakli hujjatlar

1. Kredit uchun ariza (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda);

2. Oylik maoshga tegishli plastik karta va u boʻyicha eng kamida 3 oylik davr uchun aylanmalarning mavjud boʻlishi. Bunda pul aylanmalari amaldagi barcha kreditlarga (shu jumladan yana olinayotgan kredit) oid xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda boʻlishi lozim;

3.   Kredit boʻlimi xodimi tomonidan nusxa olinadigan pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasi hamda qarz oluvchining yashash manzili (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda);

4. Taʼminot bo’yicha hujjatlar (ariza statsionar holatda bank filiallari va boʻlimlarida rasmiylashtirilganda).

Kreditni ajratish shakli

Kredit limiti milliy valyutada (soʻm) plastik kredit kartaga o’tkazish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

Kredit arizasini topshirish joyi

Kredit arizasi va kreditni rasmiylashtirish ishlari bankning filiallari va boʻlinmalarida amalga oshiriladi. Shuningdek, bankning mobil ilovasi orqali “ONLINE” rejimida ham buni bajarish mumkin.

Kreditni koʻrib chiqish muddati

Kredit arizasini koʻrib chiqish muddati: ariza rasmiylashtirilgan kundan boshlab 24 soat ichida. Qabul qilingan ijobiy qaror haqida mijozga 24 soat ichida xabar beriladi.

Avans toʻlovi

Koʻzda tutilmagan.

Kreditni koʻrib chiqish va rasmiylashtirishga doir qoʻshimcha toʻlovlar

Mavjud emas

Muddatidan oldin soʻndirish

Qoʻshimcha komissiya va jarimalarsiz limitni muddatidan oldin yopish imkoniyati koʻzda tutiladi.

Asosiy qarz va foizlar boʻyicha imtiyozli davr                    

Koʻzda tutilmagan

Kredit ajratishga nisbatan salbiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

1. Salbiy kredit tarixi (kreditga doir asosiy qarz va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirmaslik, kredit boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjudligi);

2. Potentsial qarz oluvchining barqaror boʻlmagan daromadlari yoki ularning yoʻqligi (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida doimiy daromadlarning mavjud emasligi); 

3. Pontentsial qarz oluvchi taqdim etgan notoʻgʻri, ishonchiz va to’liq bo’lmagan maʼlumot;

4. Kredit boʻyicha taʼminotning yoʻqligi.

Kredit ajratishga nisbatan ijobiy qaror qabul qilinishiga sabab boʻladigan omillar

 

1. Ijobiy kredit tarixi (kreditlar va foizlarni oʻz vaqtida soʻndirish, kredit boʻyicha muddati oʻtib ketgan joriy qarzdorlikning yoʻqligi);

2. Pontentsial qarz oluvchining barqaror daromadlari (kreditga ariza berish sanasigacha joriy ish joyida eng kamida 3 oy davomida);

3. Potentsial qarz oluvchining qanoatlantiruvchi moliyaviy ahvoli;

4. Kreditni qoplashga yetadigan miqdorda va hajmda taʼminotning mavjudligi (kredit miqdoridan 125%dan kam boʻlmagan miqdorda).

Kredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashga oid muddatlarga rioya qilingmagan taqdirda, oʻz vaqtida toʻlanmagan qarzga nisbatan foiz stavkasi kechiktirilgan qarzdorlik paydo boʻlgan sanadan boshlab muddati oʻtgan qarzdorlikka nisbatan kunlik 0,25 foizdan hisoblanadi.

Diqqat! Kreditning foiz miqdori nominal foiz stavkasi asosida hisoblanadi. kreditning toʻliq miqdori esa foizlar va boshqa turdagi toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarda va butun miqdorda toʻlangan holatda siz uchun qanchaga aylanishini koʻrsatadi.

Diqqat! Mazkur kreditning nominal foiz stavkasi oʻzgartirilishi mumkin. bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻzgarishlar qarz oluvchi bilan kelishiladi.

Кредит тўлиқ қийматини ҳисоблаш

500 000

16 000 000

Қўшимча ҳаражатлар


Кредит тури
Кредит миқдори
Кредит муддати
Йиллик фоиз устамаси
Гаровни расмийлаштириш, суғурта ва кредитни расмийлаштириш жараёнларига оид бошқа ҳаражатлар
Кредит ажратилишининг тахминий санаси
Кредитнинг тўлиқ қиймати

Ой Асосий қарз бўйича қарздорлик қолдиғи, сўм Асосий қарзни сўндириш миқдори, сўм Фоизлар миқдори, сўм Жами сўндириш миқдори, сўм
×

Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz joʻrligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funktsiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga oʻtish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil boʻlgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz joʻrligi funktsiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.